30 iyunga qadar Yoshlar oyligi munosabati bilan O‘zbekistonda «mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika» darajasida yoshlar festivallari va forum, tanlov va sport musobaqalari o‘tkaziladi. Ular qatoridan Buxoroda Turkiy davlatlar tashkiloti va Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar yoshlari uchun forumlar ham o‘rin olgan.
Toshkentda noyabr-dekabr oylarida «Toshkent yoshlarni sevadi» shiori ostida Yoshlar oyligi o‘tkaziladi. Tadbir doirasida sport festivallari, intellektual loyihalar, madaniyat va san’at, moda va dizayn ko‘rgazmalari, Poytaxt party konsert dasturlari va boshqalar bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev «ko‘plab syurprizlar» borligini ma’lum qildi.
Iyun oyi davomida barcha hududlarda «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida «Yoshlar oyligi» tashkil etiladi. Oylik doirasida 4 million 300 mingdan ziyod yoshlarni qamrab olish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting